Jamiyat | 16:14 / 21.02.2019
11795
2 daqiqa o‘qiladi

Muftiy Usmonxon Alimov Qorovulbozordagi yagona va yangi masjidga tamal toshini qo‘ydi

Avval, 21–23 fevral kunlari Buxoro shahrida “I Xalqaro ziyorat turizmi forumi” o‘tkazilishi haqida xabarlar berilgan edi. Anjumanda o‘nlab davlatlardan olimlar, ulamolar, turizm sohasi sarmoyadorlari, xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etyapti.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov xalqaro forumda ishtirok etish uchun bugun, 21 fevral kuni Buxoro shahriga yetib keldi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Muftiy viloyatga safarini xayrli ish bilan boshladi. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yangi qurilayotgan jome masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berish uchun mazkur tumanga tashrif buyurdi. Aytish mumkinki, ushbu tumanda shu kunga qadar birorta ham masjid yo‘q edi. Yangi jome masjidning qurilishi hudud aholisi uchun katta voqea bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi yangi jome masjidga yirik muhaddis Abdulloh ibn Muborak nomi berildi. Jome masjid poydevoriga birinchi tamal toshini muftiy Usmonxon Alimov qo‘yib berdi. 

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Mavzuga oid