Prezident qarori bilan O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga qo‘shimcha funksiyalar yuklandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 125-1-son qarori bilan Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho‘lga aylanib borishlarga qarshi kurash bo‘yicha BMT Konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:
respublikada cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;
cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali o‘zaro hamkorlikni ta'minlash;
O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
Konvensiya talablarini bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Konvensiya doirasida xalqaro majburiyatlar bajarilishi uchun mas'ul bo‘lgan shtat birliklarini kerakli miqdorda tugatish hisobiga boshqaruv xodimlarining shtat soni 4 nafardan iborat bo‘lgan Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
doimiy ravishda Konvensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari o‘z vaqtida va zarur darajada bajarilishini ta'minlab boradi;
cho‘llanishning oldini olish, qurg‘oqchilikka qarshi kurashish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish bo‘yicha yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xorijiy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaxassislarini zarur xollarda jalb qiladi;
har chorakda cho‘llanishning oldini olish, qurg‘oqchilikka qarshi kurashish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib boradi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024