Sport | 08:46 / 23.02.2019
5907
3 daqiqa o‘qiladi

APL. «Uotford» mehmonda 5 ta gol urdi, «Vest Xem» 5 ta o‘yindan so‘ng g‘alaba qozondi

Foto: Simon Galloway/PA

23 fevralga o‘tar kechasi Angliya Premer-Ligasida 27-tur o‘yinlari boshlandi. Aslida davom ettirildi desak o‘rinli bo‘ladi, chunki ertaga Angliya Liga Kubogi finalida o‘ynaydigan «Manchester Siti» 7 fevral kuni «Everton»ga qarshi o‘ynab 27-turni boshlab bergandi.

27-turda autsayderlar qatorida borayotgan «Fulxem» Londonning boshqa jamoasi «Vest Xem» mehmoni bo‘ldi va 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Raneri shogirdlari 3-daqiqadayoq Rayan Babelning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishgandi, lekin «Bolg‘achilar» Xaver Ernandes, Issa Diop va Maykl Antonioning gollari evaziga g‘alaba qozonishdi – 3:1. Ta'kidlash kerak, «Vest Xem» barcha o‘yinlarda 5 ta o‘yindan buyog g‘alaba nima ekanini bilmayotgandi.

Turning yana bir qiziqarli o‘yini Kardiffda o‘tkazildi. Uelsda shu kuni «Uotford» mehmon bo‘ldi va 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. «Arilar» safida Jyerar Deulofeu xet-trik qayd etgan bo‘lsa, jamoa sardori Troy Dini ikkita gol urdi. Mezbonlar safida Sol Bamba bitta gol bilan javob bera oldi xolos.

Bugun 27-turning yana 4 ta o‘yini o‘tkaziladi:
«Byorni» – «Tottenhem» 17:30
«Bornmut» – «Vulverxempton» 20:00
«Nyukasl» – «Haddersfild» 20:00
«Lester» – «Kristal Pelas» 22:30

Angliya chempionati
27-tur

Kardiff – Uotford 1:5
Gollar:
 Deulofeu (18, 61, 63), Dini (73, 90) – Bamba (82).
Kardiff: Eterij, Manga, Morrison, Bamba, Bakuna, Arter, Rolls (Mendes-Leyng, 67), Bennett, Paterson, Nyasse (Zoxore, 71), Merfi (Xoylett, 56).
Uotford: Foster, Yanmat, Mariappa, Ketkart, Mazina, Dukure, Kapu (Kleverli, 79), Xyuz, Pereyra (Kina, 71), Deulofeu (Grey, 86), Dini.
Ogohlantirishlar: Kapu (30), Pereyra (55), Paterson (85).

Vest Hem – Fulhem 3:1
Gollar:
 Ernandes (29), Diop (40), Antonio (90) – Babel (3).
Vest Hem: Fabianski, Sabaleta (Frederiks, 46), Diop, Ogbonna, Kressuell, Rays, Antonio, Nobl, Snodgrass, Felipe Anderson (Lansini, 76), Ernandes (Arnautovich, 64).
Fulhem: Riko, Odoi, Nordtveyt, Rim, Brayyen, Kerni, Chembers, Seri (Zambo-Angissa, 46), Sessenon (Markovich, 46), Babel, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Brayyen (45), Lansini (83).

Mavzuga oid