Fan-texnika | 21:38 / 24.02.2019
57604
3 daqiqa o‘qiladi

5 ta eng “erkakcha” avtomobil ma'lum qilindi

Sarsweek.ru portali mutaxassislari 5 ta eng “erkaklarbop” avtomobil ro‘yxatini tuzishdi. Ulardan har biri e'tiborga loyiqdir.

Ro‘yxatni Toyota Land Cruiser yo‘ltanlamasi ochib bermoqda. Yaponlar ushbu mashinaning turli modifikatsiyalari va qo‘shimcha opsiyalarini yaratishgan, uning ishonchliligi esa eng muhim jihatlaridan sanaladi.

Ro‘yxatning keyingi ishtirokchisini eslaganda, ko‘z oldinga darhol toshlar, yo‘lsizlik va shahar halovatsizligidan qochishni keltirasan. Jeep Wrangler yil sayin texnologikroq bo‘lib bormoqda, biroq unda haqiqiy yo‘ltanlamas ruhi hamon saqlanib qolgan.  

 

Yana bir “amerikalik” – Cadillac Escalade’ni ko‘proq osmono‘par binolar orasida yurganini, orqa o‘rindig‘ida esa qimmatbaho kostyumdagi odam o‘tirganini tasavvur qilish mumkin. Mashinaning katta o‘lchamlari va qimmatbaho jihozlanishi – o‘zini mustahkam qo‘rg‘onda bo‘lgandek his qilishni istovchi smokingdagi erkaklarni jalb qiluvchi jihatlaridir.

“Jip” deganda Hummer’ni ko‘z oldimizga keltirmaslikning iloji yo‘q. Mashinaning H2 klassik modeli AQSh mashinasozligining bu “ijod mahsulini” ko‘rgan har qanday o‘g‘il bolaning orzusi bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Mashinaning kuchli motori va “keskin” dizayni sizni shubhasiz befarq qoldirmaydi. 

Mercedes-AMG G-Class yoki xalq orasida “gelik” deb ataluvchi yo‘ltanlamasni jiddiylik ramzi deb atash mumkin. U tashqi tomondan ham, ichki tomondan ham avtomobilni nafaqat harakatlanish vositasi deb hisoblaydigan har qanday odamni o‘ziga qaratadi. Kimgadir u juda “qadimiy” bo‘lib ko‘rinishi mumkin, biroq u aynan shu jihati bilan xaridorni jalb qiladi.

Mavzuga oid