Jahon | 00:21 / 26.02.2019
5533
1 daqiqa o‘qiladi
Rimning sobiq meri 6 yillik qamoq jazosi oldi
Rimning sobiq meri Janni Alemanno korrupsiya uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Boshlang‘ich instansiya sudi qarori Rimda 2014 yil dekabrda avj olgan va “Mafia Capitale” (Poytaxt mafiyasi) deb nom olgan shov-shuvli korrupsion mojaroning tergovi jarayonida qabul qilindi.
Rimga 2008-2013 yillar merlik qilgan Alemannoga mafiya foydasiga noqonuniy qarorlarni qabul qilgani uchun 223 ming yevro pora olish ayblovi qo‘yilgan. Pullar Alemanno asos solgan Nuova Italia jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan.
61 yoshli siyosatchi hukm e'lon qilingandan keyin uni “xato” deb atagan va appelyatsiya sudiga murojaat qilishga va'da bergan.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
12:00 / 11.12.2024
Netanyahu korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan sudda ko‘rsatma berishni boshladi
21:00 / 09.12.2024