Light | 22:13 / 26.02.2019
8842
4 daqiqa o‘qiladi

SpaceX va Tesla siri: Ilon Mask, AQSh hukumati va eng yirik investitsion fondlar

Foto: The Times

Aftidan Ilon Maskka hamma narsa mumkin — buyoqdan tvit yozib, u yoqdan avtomobillarni kosmosga yo‘llash, bu orada esa Tesla aksiyalari narxi ko‘tariladi va pasayadi, SpaceX raketalari parvoz qiladi va qo‘nadi. Bu kompaniyalar hech qachon bozorni tark etmaydi, chunki ularni eng yirik investorlar qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi vc.ru'da. 

Janob Maskning faoliyati shu qadar xilma-xilki, uning loyihalariga oid rasmiy ma'lumotlarning barchasini bir vaqtning o‘zida eslashning imkoni yo‘q. U 2021 yilga borib to‘liq haydovchisiz avtomobilni taqdim etadi, Marsga ko‘chib o‘tish qanchaga tushishiga oid hisob-kitobi bilan bo‘lishadi, "kompyuter-inson" neyrointerfeysi ishlanmasini ishga tushiradi, Oyga raketa uchirishga va Los-Anjyeles ostidan yo‘l ochishga va'da beradi. Shu bilan birga, jonli efirdagi tok-shouda ajoyib chiqishlar qiladi, biryo‘la besh uyni ipotekaga oladi va umuman, Ilon Mask — g‘aroyib inson. 

Shuni ta'kidlash joizki, Maskning omma oldidagi barcha chiqishlari kuchli jamoa faoliyati natijasidir. Mask AQSh hukumati jamoasida, zero AQSh hukumati NASA bilan hamkorlik qiladi, u esa Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan deyarli 6 milliard dollarlik shartnoma imzolagan. 

Tesla kompaniyasining eng yirik aksiyadorlari safidan  Vanguard Group xususiy investitsiya kompaniyasi (6 trillion dollar aktivga ega), BlackRock (6,8 trillion dollar aktiv), State Street Corporation (2,8 trillion dollar aktiv) va yana qator juda jiddiy tashkilotlar o‘rin olgan. 

Ularning bari nimalargadir asoslanib Maskning loyihalariga investitsiya kiritish zarur deb hisoblashadi, ularning summasi Apple korporatsiyasiga kiritilgan sarmoyalar bilan bir xil. 

Trillionlab dollarlik tuzilmalar asosida aynan qanday strategiya yotishini oddiy odam tushunishi qiyin, albatta. Biroq sog‘lom fikrga tayanadigan bo‘lsak, u moliyaviy bozor gigantlarining Mask faoliyatiga nisbatan o‘z rejalari borligiga ishora qiladi. 

Mask har doim futuristik ishlarga qo‘l uruvchi rolini bajarishi va uning faoliyati hamisha omadli kechishiga kafolat yo‘q. Masalan, uning avtomobillar uchun tunnellar va qandaydir Hyperloop'lar bilan bog‘liq g‘oyalari juda g‘alati, ammo odamlarga qiziq!

SpaceX va Tesla juda yaxshi ishlamoqda. SpaceX institutsional investorlarga kerak, zero kosmik parvozlar bozorida nihoyat normal raqobat yuzaga kelmoqda, bu esa investitsiyalar uchun yangi maydon ochilganidan dalolat beradi. Tesla har qanday xato va kamchiliklarga qaramay bugunga kelib noyob bilimlar bazasini to‘play oldi, ya'ni odamzot elektromobillarni qanday yaratish va ularni mavjud transport infratuzilmasiga tatbiq qilish mumkinligiga oid bilimga ega bo‘ldi.

Shunday ekan, Tesla hatto 10 yildan keyin, umuman mashina ishlab chiqarmay qo‘ysa ham, bozordan g‘oyib bo‘lmaydi, shunchaki boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun texnologiyalar yaratadi va konsalting bilan shug‘ullanadi. 

Mavzuga oid