Jahon | 19:36 / 26.02.2019
9429
2 daqiqa o‘qiladi

Tataristonda bemorni tez yordam mashinasigacha traktor kovshida yetkazishga to‘g‘ri keldi

Foto: Naberejnyye Chelny Life/VKontakte

Tataristondagi qishloqlardan birida yashovchi, gipertonik kriz sababli tez yordam chaqirtirgan ayolni tez yordam mashinasigacha traktor kovshida yetkazishga to‘g‘ri keldi. Gap shundaki, tez yordam mashinasi bemorning uyigacha yo‘l qordan tozalanmagani sababli yetib bora olmagan.

Bu haqdagi xabar “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi Region116.dtp.official pablikida joylashtirilgan. Xabar muallifi tez yordam mashinasi bemor uyigacha borolmaganidan achchiq bildirgan. 

“Shunday voqea haqiqatan ham Biyabash kishlog‘ida yuz berdi. 66 yoshli bemor ayol shifoxonaga olib ketilishi kerak edi. U yo‘li hali qordan tozalanmagan qishloq chekkasida yashagan”, deb aytilgan xabarda.

Ma'lum qilinishicha, tez yordam feldsheri yo‘lni qordan tozalashni boshlagan traktorchidan vaziyat jiddiyligi sababli ayolni traktori kovshida tez yordam mashinasigacha yetkazishni so‘ragan. 

“Ayni vaqtda ayol shifoxonaga yotqazilgan. Uning ahvoli barqaror”, deb ma'lum qilingan respublika sog‘liqni saqlash vazirligida.

Mavzuga oid