Jahon | 09:32 / 26.02.2019
8552
2 daqiqa o‘qiladi

Uorren Baffett 4 mlrd dollarlik yo‘qotishdan keyin bayonot berdi

Foto: Rick Wilking / Reuters

Milliarder Uorren Baffettning CNBC’ga intervyuda ma'lum qilishicha, uning Berkshire Hathaway xoldingi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Kraft Foods va ketchuplar tayyorlovchisi Heinz’ning 2015 yilda birlashishi vaqtida ortiqcha pul to‘lagan.

«Kraft Heinz - hali ham yaxshi biznes, u 7 milliard dollarlik aktivlardan foydalanadi va soliqlardan oldin ulardan 6 mlrd dollar ishlab topadi. Lekin biz va ayrim avvalgi shaxslar moddiy aktivlar asl narxidan 100 milliard dollar ko‘proq pul to‘ladik, shuning uchun kompaniya 7 milliard dollar emas, balki 107 milliard dollar ishlab topishi kerak», - dedi u.

Jurnalistning Berkshire kompaniyaga ortiqcha to‘lagani haqidagi savoliga, Baffett ijobiy javob qaytardi. «Ha, biz ortiqcha pul to‘ladik. Heinz uchun ortiqcha pul to‘lamadik, bu 3G (Braziliya investitsiya jamg‘armasi, Heinz egalaridan biri) bilan kelishuv edi, 50 ga 50, ammo biz Kraft uchun ortiqcha to‘laganmiz hamda 15 milliard dollarlik aktivlarni olib tashladik», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uorren Baffett bir kunda 4,3 mlrd dollar yo‘qotgandi.

Mavzuga oid