Jahon | 20:18 / 27.02.2019
8802
1 daqiqa o‘qiladi

Qohira vokzalidagi dahshatli yong‘indan keyin Misr transport vaziri iste'fo berdi

Foto: Epa

Misr transport vaziri Hishom Arafot Mahdiy Ahmad mamlakat poytaxti Qohira shahri markazidagi vokzalda ro‘y bergan yirik yong‘in ortidan iste'foga chiqdi. Bu haqda Egypt Today va Egyptian Street nashrlari xabar tarqatgan.

Al-Watan nashri xabariga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Mustafa Madbuli uning iste'fosini qabul qilgan.

Misr prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan.

27 fevral kuni poytaxt markazidagi Ramzes vokzaliga kirib kelgan tezyurar poyezd platformaga urilib yong‘in chiqdi. Buning natijasida, 20 kishi halok bo‘lgan va 40 kishi jabrlangan. Shifokorlar qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytishgan.

Mavzuga oid