Jahon | 11:44 / 28.02.2019
22209
2 daqiqa o‘qiladi

Global falokatning oldini olish yo‘li topildi

Foto: PETER CLARKE/RMIT UNIVERSITY

Melburn universiteti (Avstraliya) kimyogarlari karbonat angidridni qattiq uglerodga aylantirish bo‘yicha yangi usulni ishlab chiqdilar, u Yer atmosferasida karbonat angidrid konsentratsiyasini kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin. Uglerod dioksidi tutqichlari parnik effektni kamaytirishga va o‘rtacha global haroratni pasaytirishga yordam beradi. Bu haqda Science xabar qilmoqda.

Tadqiqotchilar xona haroratida suyuq bo‘ladigan metall qotishmalar asosidagi katalizatorlarning yangi sinfidan foydalanganlar. Bunday katalizatorlarning bir turi suyuq galliy bilan aralashgan palladiydan iborat hamda alkanlarni nisbatan qimmatli alkenlarga aylantira oladi. Avvaliga olimlar galliy, indiy va qalay qotishmasini yaratib, unga katalitik faol seriy qo‘shishdi va uni suv tomchilari bo‘lgan shisha trubkaga joylashtirishdi.

Olimlar ingichka simni suyuq metallga joylashtirganda, seriy bir qismi suyuqlik yuzasida havoda kislorod bilan reaksiyaga kirishgan hamda ultraingichka seriy oksidi qatlami paydo bo‘lgan. Keyinchalik karbonat angidrid gazi trubkaga kiritilgan, sim orqali esa - elektr toki. Oxir-oqibat uglerod dioksidi katalizator tomonidan so‘rildi, u yerda qattiq uglerodga aylandi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, reaksiya mexanizmi hali aniq emas, ammo besh bosqichni o‘z ichiga olishi mumkin. Tseriy kislorod, parnik gaz va suv bilan o‘zaro aloqaga kirishib, yagona yon mahsulotlar sifatida qattiq uglerod hamda toza kislorod chiqaradi.

Mavzuga oid