Qalbaki pul o‘tkazishga uringanlar ushlandi. Pul Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan
Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman sudining 2019 yil 30 yanvardagi hukmi bilan Sh.N., Ch.B. va D.U. O‘zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, ya'ni qalbaki pul o‘tkazganligi uchun aybdor deb topildi.
O‘zA’ning yozishicha, surxondaryolik uch nafar shaxs – Sh.N., Ch.B. va D.U. o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘tkazish maqsadida yasalgan 50 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullarni Surxondaryo viloyati hududidagi bozorlar, savdo obektlari va boshqa joylarda o‘tkazish maqsadini ko‘zlaydi. Ular 2018 yil 13 sentabr kuni, soat taxminan 10:30larda Qiziriq tumani “Obod yurt” mahallasida joylashgan mol bozorida D.P.dan bir bosh sigirni 5 million so‘m miqdoridagi qalbaki pul evaziga sotib oladilar. D.P.da shubha uyg‘otganligi sababli, bu haqida IIBga xodimlariga murojaat qilgan va qonunbuzarlar qo‘lga olingan.
Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, ushbu pul mablag‘lari Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan (bu holat yuzasidan alohida jinoyat ishi mavjud).
Sud sudlanuvchilarga nisbatan jazo tayinlashda sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda hukm chiqardi.
Jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida e'tirof etilgan 184 dona 50 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar yo‘q qilinishi belgilandi.
Mavzuga oid
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024