Jahon | 15:43 / 02.03.2019
19277
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Pokiston bilan ziddiyatga vositachilar jalb etilishiga qarshi chiqdi

Foto: Narinder Nanu-AFP/Getty Images

Hindistonning Rossiyadagi elchisi Bala Venkatesh Varma so‘zlariga ko‘ra, Hindiston Pokistonning inqirozni hal qilishga vositachilarni jalb etish to‘g‘risidagi taklifini qabul qilishni xohlamaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha hech bir mamlakat Hindiston hamda Pokiston o‘rtasidagi mojaroni hal qilishda vositachilik qilish taklifi bilan chiqmadi.

«Men shuni ta'kidlab o‘tmoqchimanki, vositachilik to‘g‘risida rasmiy taklifni olganimiz yo‘q. Agar, bu hattoki ro‘y beradigan bo‘lsa ham, biz uni qabul qilmaymiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Varma.

Uning qayd etishicha, terrorchilik guruhlariga qarshi jiddiy choralar ko‘rish zarurdir. Elchining fikriga ko‘ra, buning uchun Pokiston muloqot qilishga qadam qo‘yishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi yangi otishma oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid