Sport | 15:08 / 02.03.2019
28528
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi «China Cup» yarim finalida Urugvayga qarshi o‘ynaydi

Foto: PABLO PORCIUNCULA/AFP/Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-25 mart kunlari Xitoyning Nanning shahri mezbonlik qiladigan «China Cup» musobaqasida qatnashadi. Unda O‘zbekistondan tashqari Urugvay, Xitoy va Tailand terma jamoalari ham ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo‘ladi.

Musobaqa tashkilotchilarining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘FA. Undan avvalroq, mezbon Xitoy termasi 21 mart kuni Tailand bilan kuch sinashadi.

25 mart kuni uchinchi o‘rin uchun bahs va final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumot uchun, «China Cup» musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017 yilgi musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan bo‘lib, unda Chili g‘olib chiqqan. 2018 yilda esa Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etgan kubokda Urugvayning qo‘li baland kelgan. Avvalgi har ikki turnir ham Nanningda bo‘lib o‘tgandi.

Xabar qilinishicha, «China Cup-2019» oldidan Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi, unda Xitoyga olib ketiladigan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilinishi rejalashtirilgan. Anjuman sanasi ma'lum qilinmagan.

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabaresning «China Cup-2019» uchun kengaytirilgan tarkibidan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan:

Darvozabonlar:
Fernando Muslera ("Galatasaroy", Turkiya)
Martin Kampanya ("Independente", Urugvay)
Martin Silva ("Libertad", Paragvay)

Himoyachilar:
Diyego Godin ("Atletiko", Ispaniya)
Sebastyan Koates ("Sporting", Portugaliya)
Xose Mariya Ximenes ("Atletiko", Ispaniya)
Gaston Silva ("Independente", Urugvay)
Martin Kaseres ("Yuventus", Italiya)
Matias Suares ("Defensor Sporting", Urugvay)
Marselo Sarachchi ("Leypsig", Germaniya)
Naytan Nandes ("Boka Xuniors", Argentina)

Yarim himoyachi:
Jovanni Gonsales ("Penyarol", Urugvay)
Diyego Laksalt ("Milan", Italiya)
Lukas Torreyra ("Arsenal", Angliya)
Matias Vesino ("Inter", Italiya)
Rodrigo Bentankur ("Yuventus", Italiya)
Karlos Sanches ("Santos", Braziliya)
Nikolas Lodeyro ("Sietl Saunders", AQSh)
Kamilo Mayada ("River Pleyt", Argentina)
Federiko Valverde ("Real Madrid", Ispaniya)
Jorjian De Arraskaeta ("Flamengo", Braziliya)

Hujumchilar:
Gaston Pereyro ("PSV", Gollandiya)
Jonatan Rodriges ("Santos Laguna", Meksika)
Maksi Gomes ("Selta", Ispaniya)
Kristian Stuani ("Jirona", Ispaniya)
Edinson Kavani ("PSJ", Fransiya)
Luis Suares ("Barselona", Ispaniya)

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilning iyun oyida JCh-2018ga tayyorgarlik ko‘rayotgan Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan edi. O‘shanda o‘z tarixida ilk marta Janubiy Amerika vakili bilan o‘yinda qatnashgan O‘zbekiston MTJ 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Image

Quyida ana o‘sha uchrashuv qaydnomasi keltirib o‘tiladi.

Urugvay – O‘zbekiston 3:0
Gollar: 
1:0 – 32 de Arraskaeta, 2:0 – 54, penalti Suares, 3:0 – 73 Ximenes.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Maksi Pereyra (Laksalt, 59), Godin, Nandes (Rodriges, 46), Vesino (Torreyra, 59), de Arraskaeta (Sanches, 65), Bentankur, Suares (Stuani, 83), Kavani (Maksi Gomes, 76).
O‘zbekiston – Suyunov, Ashurmatov, Muhammadiyev (Otaxonov, 58), Komilov, Hamrobekov (G‘iyosov, 73), Siddiqov (Shixov, 81), Turg‘unboyev (Yaxshiboyev, 58), Masharipov, G‘aniyev (Aliboyev, 73), Azamov, O‘rinboyev (Abduholiqov, 46).
Ogohlantirishlar: Masharipov (8), Ashurmatov (57), Vesino (57).
Chetlatish: Komilov (79).

Mavzuga oid