Hindiston va Pokiston Kashmirda bir-birini o‘qqa tutdi
Hindiston Mudofaa vazirligi vakili podpolkovnik Devender Anandning ma'lum qilishicha, Hindiston va Pokiston harbiylari Kashmirda yana bir-biriga qarata o‘t ochgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning aytishicha, Pokiston armiyasi kecha tunda o‘t ochdi.
«Pokiston armiyasi hech qanday sababsiz o‘t ochmaslik to‘g‘risidagi rejimni buzib, Aknur sektorini o‘qqa tutdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Anand.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, hindistonlik harbiylar ham bunga javoban o‘t ochishgan.
«Soat taxminan 06:30 (Toshkent vaqti bilan soat 06:00)da otishma to‘xtadi», - deya qayd etib o‘tdi Anand.
Anand ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi otishma oqibatida halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma'lumotga aniqlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Pokiston bilan ziddiyatga vositachilar jalb etilishiga qarshi chiqqandi.
Mavzuga oid
18:07
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024