Jahon | 08:08 / 05.03.2019
8596
2 daqiqa o‘qiladi

Makron Shengen hududini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Foto: EPA

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shengen tizimini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati mavjudligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Yelisey saroyining saytida xabar berilgan.

«Biz Shengen zonasini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak: ishtirok etishni istagan barcha javobgarlik majburiyatlarini bajarishi kerak», - dedi Makron.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Shengen zonasidagi qat'iy chegara nazorati haqida ketmoqda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, kelishuv ishtirokchilari hamjihatlik majburiyatlarini bajarishi lozim.

Makronning qayd etishicha, boshpana taqdim etish qoidalari bir xil bo‘lishi darkor.

Bundan tashqari, Emmanuel Makron bildirishicha, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqib ketishi Yevropadagi inqirozning ramzi hisoblanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini millatchilik kayfiyatidagi yakkalatib qo‘yish «hech narsani taklif qilmaydi».

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Brexit odamlarni «yolg‘on va mas'uliyatsizlik» bilan jalb qilingan «Yevropa tuzog‘ining ramzi»ga aylangan.

Makronning ta'kidlashicha, bu kabi «tuzoq» hozirgi kunda butun Yevropaga tahdid solyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada 15 nafar vazir Brexit tufayli iste'foga chiqishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid