O‘zbekiston | 07:57 / 05.03.2019
27885
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 4 martdagi 54-ls-sonli buyrug‘i bilan G‘aznachilik boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Azamat Shuhratovich Fozilov tayinlandi.

A.Fozilov 1980 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavr va 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

Moliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2000 yilda Samarqand shahar moliya bo‘limida 1-toifali mutaxassis lavozimidan boshlagan, keyinchalik vazirlik tizimida turli mas'ul va rahbarlik lavozimlarda, xususan Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli Kitob jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining ijrochi direktori, Moliya vazirligi markaziy apparati Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Moliya vazirligidagi ish staji 19 yilni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y bergandi.

Mavzuga oid