5 ming kishi 5 yoshli bolaga donorlik qilish uchun yomg‘ir ostida bir necha soat turdi
Angliyalik 5 yoshli Oskar Sakselbi-Liga shifokorlar qo‘rqinchli tashxis – o‘tkir limfoblast leykozini qo‘yishgan va unga to‘g‘ri keladigan donorni topish uchun bor-yo‘g‘i 3 oy berishgan.
Oskar jajji yoshiga qaramay 20 ta qon quyish va kimyoterapiyani boshdan o‘tkazgan. Endi bolakayga agressiv davolashda nobud bo‘lgan asos hujayralar o‘rnini to‘ldirish uchun donor zarur. Shifokorlarning aytishicha, donorning hujayrasi qanchalik o‘xshash bo‘lsa, ularda ko‘chirib o‘tkazishda yashab ketish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi, biroq donorni topish lotereyaga o‘xshashdir.
Bolaga yordam berish uchun dam olish kunlari ko‘ngillilar maktablardan birida biologik materialni yig‘ishni boshlashgan. Xayriya aksiyasida ishtirok etishga 4855 qishi qaror qilgan. Ular yomg‘irga qaramay ko‘chada bir necha soat navbatda turishlariga to‘g‘ri kelgan. Avvalgi shunga o‘xshash aksiyada 2200 kishi ishtirok etgan, biroq Oskarning holatida o‘ziga xos rekord qayd etildi.
Dekabrda Oskar hamma bolalar kabi baxtli bolakay edi, biroq keyin uning ota-onasi farzandining tanasida noodatiy ko‘karishlar paydo bo‘layotganini payqashgan. Bola ko‘rikdan o‘tkazilgach mutaxassislar leykoz – oq qon tashxisini qo‘yishgan.
Biroq bolaning ota-onasi ham, shifokorlar ham umidsizlikka berilmayaptilar, bolani qutqarishning hali imkoni bor. Aynan shu sababli tegishli materialni yig‘ish hali ham davom etmoqda.
Mavzuga oid
00:35 / 19.12.2024
Angliyadagi 6 milliondan ziyod obekt suv ostida qolishi mumkin - tadqiqot
16:29 / 28.11.2024
Uzoq kutilgan huquqmi yoki qaltis yo‘l? Britaniyadagilar evtanaziya masalasida bahslashmoqda
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12:00 / 09.10.2024