Jamiyat | 08:08 / 06.03.2019
21759
2 daqiqa o‘qiladi

«Said bilan Saida» filmining premerasi bo‘lib o‘tdi

5 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda rejissyor Nozim Abbosovning «Said bilan Saida» filmi tomoshabinlarga taqdim etildi. Film O‘zbekiston Qahramoni, adib Said Ahmad va Saida Zunnunovaning Stalin repressiyasi paytidagi hayoti, muhabbat va sadoqatidan hikoya qiladi.

«Said bilan Saida» filmining ssenariy mualliflari O‘zbekiston san'at arbobi, marhum Shuhrat Abbosov va Nodira Husanxo‘jayeva (Said Ahmadning qizi) hisoblanishadi.

«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra filmni tasvirga olish jarayoni 2018 yilning iyun oyida boshlangan.

Badiiy filmda rollarni Erkin Bozorov (Said Ahmad), Shahlo Temirova (Saida Zunnunova), Zulxumor Mo‘minova, Dilnoza Kubayeva, Shodiya To‘xtayeva, Furqat Fayziyev, Jumadulla Rametov va boshqalar ijro etishgan.

Ma'lumot uchun, Nozim Abbosov 1962 yilda rejissyor Shuhrat Abbosov xonadonida tavallud topgan. Faoliyatini postanovkachi rassom sifatida 1984 yildan boshlagan. Rejissyor sifatida «Oydinoy», «Abadiyat charxi» kabi filmlarni suratga olgan.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Mavzuga oid