O‘zbekiston | 20:49 / 07.03.2019
20345
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi​ga rahbar saylandi

6 mart «O‘zyog‘moysanoat»​ uyushmasi ta'sischilarining umumiy yig‘ilishi tashkil etilib, Uyushma ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlandi.​ Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Unda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taqdimnomasiga asosan ta'sischilarning umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan Pardayev G‘ulomnazar Eshboyevich uyushma raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi.

​Yog‘-moy sanoati tizimida 25 yillik tajribaga ega​ G‘ulomnazar Pardayev 1976 yilda Boyovut tumanida tug‘ilgan. U Toshkent kimyo texnologiya instituti (1999 yil), Guliston davlat universiteti (2008 yil) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi (2011 yil) bitiruvchisi hisoblanadi. 

«O‘zyog‘moysanoat»​ uyushmasi 2022 yil 1 yanvarga qadar mol-mulk solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etilgan. ​Uyushmaga a'zolar tomonidan shartnoma asosida yo‘naltiriladigan ajratmalar yuridik shaxslar foyda solig‘ining soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi.​

O‘z navbatida, yangi uyushma o‘z a'zolarining huquq va manfaatlarining himoya qilish, tarmoqqa zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy qilish, ichki va tashqi bozorda marketing tadqiqotlarini tashkil qilib, tarmoqni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish kabi muhim vazifalarni bajarishi kerak.​

Mavzuga oid