Jahon | 15:01 / 11.03.2019
14967
1 daqiqa o‘qiladi

Guaydo Venesuelaga ikki mamlakat yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi

Foto: AFP

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoning tvitterda ma'lum qilishicha, Yaponiya va Germaniya respublikadagi energetik inqirozni bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga tayyordir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u inqirozning kuchayib borishini kuzatish uchun texnik va ekspertlardan iborat jamoani yig‘gan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Venesuela hukumati elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar uchun aybdor hisoblanadi.

Guaydoning qayd etishicha, respublika hukumati elektr energiyasi ta'minoti tizimini ish holatida saqlab turish bo‘yicha kerakli choralarni ta'minlab bera olmagan.

Bundan oldin, Venesuela AQSh ustidan BMT oliy komissariga shikoyat qilmoqchi ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid