Jahon | 21:02 / 12.03.2019
15515
1 daqiqa o‘qiladi

“Arab bahori” arab davlatlariga 900 mlrd dollar ziyon keltirdi – Jahon banki

Foto: Anadolu

Arab davlatlaridagi qurollangan ixtiloflar katta moliyaviy zararga olib keldi. Bu zarar Jahon bankida 900 mlrd dollarga baholangan. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, Yaqin Sharq mintaqasining qator davlatlari iqtisodiy inqiroz yoqasiga kelib qolganlar.

Jahon banki rahbari o‘rinbosari Mahmud Muhiddinning ma'lum qilishicha, 2010-2018 yillardagi Suriya, Liviya va Yamandagi ixtiloflardan arab olamiga yetkazilgan zarar 900 mlrd dollarga yetgan.

Shu bilan birga Muhiddinning ta'kidlashicha, arab davlatlarida yalpi ichki mahsulotning 60 foizi 10 foiz aholiga to‘g‘ri keladi. Yevropa davlatlarida esa bu ko‘rsatkich 45 foizni tashkil qiladi.

Mavzuga oid