Saakashvili Poroshenko YeIga kirish uchun Qrimdan voz kechishga tayyor bo‘lganligini aytdi
Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko 2014 yilda Qrim ustidan suverenitetni Ukrainaning Yevropa ittifoqi va NATOga kirishiga «almashtirishni» mo‘ljallagan. Bu haqda Gruziyaning sobiq prezidenti va Odessa oblastining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida aytdi.
«O‘sha voqealar yuz berganida (2014 yil fevral-martidagi voqealar) men Pyotr Poroshenko bilan gaplashdim. U menga: "Bilasanmi, Misha, sen Janubiy Osetiya va Abxaziya hech qachon Gruziyaga qaytmasligi haqidagi fikrga ko‘nikding — biz ham xuddi shu singari Qrim endi Ukrainaniki bo‘lmasligi, ammo uni Yevroittifoq va NATOga a'zolikka almashtirishga ko‘nikishimiz kerak bo‘ladi", dedi», — dedi Saakashvili.
«Men unga: “Petya, Petro, birinchidan, bizning hududlarimiz Gruziyaniki bo‘lmasligi haqidagi fikrga ko‘nikkanligimni kim aytdi? Ular tez orada bizniki bo‘ladi. Biz ularsiz Gruziyani tasavvur qilolmaymiz, buning uchun oxirigacha kurashamiz”, dedim», — deb xotirlagan sobiq prezident.
Shuningdek Saakashvili Poroshenko nima uchun Kiyev Qrimni qaytarib olishga harakat qilmasa Ukrainani Yevroittifoq va NATOga qabul qilishadi deb o‘ylayotganiga qiziqqan.
«Bu sizlarni qabul qilmaslik uchun sabab bo‘ladi», — degan u.
So‘ngra, deb xotirlagan Saakashvili, Poroshenko Qrimga yo‘l oldi, ammo «ancha kech bo‘lgandi».
«Bu unchalik yaxshi safar bo‘lmadi. Ammo unga qoyil qolish kerak – u yerga borishdan qo‘rqmadi. Ammo uning yakuniy xulosasi shunday edi — nima farqi bor, Qrim baribir ketadi. Buning ustiga, aksariyat ukrain aslzodalaridan Qrim baribir ketadi, Qrim baribir bizniki bo‘lmaydi degan so‘zlarni ko‘p marta eshitgandim », — deb qo‘shib qo‘ygan u.
Qrim 2014 yil martda o‘tkazilgan referendumdan so‘ng Rossiya tarkibiga kirgan. Kiyev yarimorolni o‘z hududi deb hisoblashda davom etmoqda.
Mavzuga oid
15:36 / 23.12.2024
Qora dengiz sohillarini mazut qopladi - tankerlar halokati oqibatlari fotosuratlarda
10:20 / 11.11.2024
Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi
23:37 / 17.10.2024
Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
22:45 / 09.10.2024