Germaniyaning BORDA assotsiatsiyasi mutaxassislari ekologiya va suv masalalariga doir treninglar o‘tkazmoqda
Germaniyaning BORDA assotsiatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM)ning UzWaterAware loyihasi doirasida Toshkent shahrida treninglar haftasiga start berdi.
Treninglar 1977 yilda asos solingan BORDA Bremen ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi mutaxassislari Kristof Zodemann, Fabio Nikoletti va Morgane Roussel-Xemeru tomonidan o‘tkazilmoqda. Ta'kidlash o‘rinliki, BORDA'ning 400 dan ziyod xodimi dunyoning 25 mamlakatida faoliyat yuritadi.
12 mart kuni, treninglarning ikkinchi kunida OAV hamda matbuot xizmatlar vakillari bilan amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari - davlat matbuot xizmatlari xodimlari rolida, matbuot xizmatlari vakillari esa - OAV vakili sifatida o‘zlarini sinab ko‘rishdi. Ular guruhlarga ajralib, qanday yo‘l tutilsa, o‘zaro hamkorlik yanada yaxshilanishi, tezkor va sifatli darajaga ko‘tarilishiga oid qarashlarini namoyish qilishdi. Germaniyalik mutaxassislar ularni tinglab, o‘z xulosalarini bildirishdi, qiziq mavzular bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.
Shuningdek European Union in Uzbekistan dasturining 3-komponenti hisoblangan UzWaterAware - "O‘zbekistonda qishloq joylarda suv resurslarini barqaror boshqarish" loyihasi trening maydoniga birinchi (GIZ Water Governance in Uzbekistan) va ikkinchi (UNDP Uzbekistan)komponentlar ni taklif qilishdi va ular ishtirokchilarga o‘zlarining loyihalari haqida ma'lumotlar taqdim etishdi.
OAV hamda matbuot xizmatlari vakillari mutaxassislar so‘rovnomasiga ko‘ra tadbirning o‘zlariga ma'qul bo‘lgan va unchalik yoqmagan tomonlarini aytishdi hamda qiziqarli takliflar bildirishdi.
Trening so‘nggida BORDA mutaxassislari va UzWaterAware loyihasi mualliflari ishtirokchilarga sertifikatlar topshirishdi.
Mavzuga oid
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024