Turkiya kompaniyasi Uchqo‘rg‘on tumanida Gemodializ va diagnostika laboratoriyasi markazini tashkil etishni mo‘ljallamoqda
19 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev «Kanimed Alles Sag'lik Cozumleri A.S» turk kompaniyasi bosh direktori Filiz Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, uchrashuvda Uchqo‘rg‘on tumanida zamonaviy Gemodializ va diagnostika laboratoriyasi markazini tashkil etishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
“Muzokaralar yakunida 18 mart kuniga turk delegatsiyasining viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda bo‘lajak markazning joylashuv o‘rnini va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa masalalarni o‘rganish uchun Uchqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurishi rejalashtirildi”, deyiladi xabarda.
Hozirda «Kanimed Alles Sag'lik Cozumleri A.S» kompaniyasi O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 1 mln AQSh dollaridan oshiq miqdordagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani jalb qilgan holda laboratoriya-diagnostika markazini barpo etish ishlarini olib bormoqda. Hafta davomida turk delegatsiyasining keyinchalik laboratoriya uskunasini o‘rnatish maqsadida markaz binosida ta'mirlash ishlarini olib borish uchun Termiz shahriga borishi belgilangan.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024