Sport | 00:25 / 17.03.2019
8940
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. "Atletiko" safarda mag‘lub bo‘lib, "Barselona"ga yaqinlashish imkonini qo‘ldan chiqardi

Foto: Twitter/AthleticClub

Ispaniya chempionati 28-turining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. 

"Atletik Bilbao" o‘z maydonida "Atletiko Madrid"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Atletik" ochkolari sonini 37taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 9-o‘ringa chiqib oldi. "Atletiko Madrid" esa 56 ochko bilan 2-pog‘onani band qilib turibdi. Diyego Simeono shogirdlari 3-o‘rinda borayotgan "Real Madrid"dan 2 ochko ko‘proq to‘plagan, peshqadam "Barselona" bilan farq esa 7 ochkoligicha qoldi. 

Atletik Bilbao – Atletiko Madrid 2:0

Gollar: 1:0 – 73 Inyaki Uilyams, 2:0 – 85 Kodro.
Atletik – Yago Errerin, Yyeray Alvares, Berchiche, Nunes, De Markos, Raul Garsiya (Kodro, 85), Ibai Gomes, Dani Garsiya, San Xose, Muniain (Kordoba, 71), Inyaki Uilyams.
Atletiko – Oblak, Xuanfran (Korrea, 80), Ximenes, Godin, Saul, Koke, Rodri Ernandes, Parti, Diyego Kosta, Morata, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (37), Rodri Ernandes (45), San Xose (77), Yyeray Alvares (82).

Mavzuga oid