Qisqichbaqa uchun 4,6 mln dollar: AQSh harbiy xarajatlar sababli bankrotlik yoqasida turibdi – OAV
CounterPunch nashrining yozishicha, AQShning harbiy-sanoat majmuasi, korrupsiyalashgan hukumat va nokompetent amaldorlar mamlakatni borgan sari ko‘proq qarzga botirmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, armiyaga borgan sari oshib borayotgan xarajatlar AQShni bankrotga aylantirmoqda, hukumat va amaldorlar esa harbiy ehtiyojlar uchun ko‘proq mablag‘ ajratilishini talab qilib, aholini aldamoqda.
Buning misoli sifatida Open the Government tashkiloti tadqiqoti natijalari keltirilgan. Ushbu tashkilot amerikalik harbiylar harbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan xaridlar uchun juda katta mablag‘lar sarflashini aniqlagan. Jumladan, bu xaridlar orasida 9241 dollarlik kursi, 53 ming dollarlik oshxona anjomlari, 308 ming dollarlik spirtli ichimliklar, 4,6 mln dollarlik langust va krab keltirib o‘tilgan.
Bundan tashqari, AQSh hukumati soliqdan oladigan tushumdan ko‘proq xarajat qiladi va shu sababli boshqa davlatlardan qarz olishga majbur bo‘lmoqda. Nashrning yozishicha, bu pullar davlat institutlari va butun dunyo bo‘ylab adog‘i yo‘q urushlarni moliyalashtirish uchungina sarflanadi, ta'lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma esa abgor ahvolda qolmoqda.
“Oxir natijada harbiy imperiyalar borgan sari kengayib va pulining oxirgi tiyinigacha sarflab muqarrar halokatga uchraydi. Bu Rim bilan sodir bo‘lgan. Xudddi shu holat yana takrorlanmoqda. Amerika imperiyasi qulamoqda. Biz kritik massaga yaqinlashmoqdamiz”, deb yozilgan nashrda.
Nashrning ma'lum qilishicha, AQSh 2001 yildan beri xorijdagi urushlarga 4,7 trln dollar sarflagan, mamlakatning qarzi soatiga 32 mln dollarga ko‘payib bormoqda, Iroq uchun 5 soniyada o‘rtamiyona amerikalik bir yil ishlab topadigan pulidan ko‘proq sarflamoqda.
Biroq shunga yarasha Vashington dunyoni xavfsizroq qila olmadi. Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, amerikalik harbiylar har 12 daqiqada dunyoning biror burchagiga bomba tashlaydi, 2001 yildan beri AQSh xatti-harakatlari sababli 500 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘lgan.
Nashr o‘z so‘zlari intihosida AQSh total bankrotlikka qarab ketayotganini va bu deyarli barcha sohada o‘z isbotini topayotgani, biroq hukumat bunga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygani va norozilikning istalgan ko‘rinishlarini bostirishga tayyorligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04