Yangi Zelandiya bosh vaziri teraktdan 9 daqiqa oldin terrorchidan xat olgan
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern 15 mart kuni Kraystcherch shaharchasida sodir etilgan teraktdan 9 daqiqa oldin terrorchidan xat olgan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, bosh vazir kanselyariyasi otishma boshlanishidan 9 daqiqa avval elektron pochta orqali terrorchi Brendon Tarrantdan xat olgan.
«Unda joy nomi yoki biror aniq detal haqida so‘z bormagan», deya bosh vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.
Ardern xonimning aytishicha, bu xat kelganidan ikki daqiqa o‘tib xavfsizlik organlari xatning mazmunidan ogohlantirilgan. Tarrant xatni nafaqat bosh vazirga, balki yana 30ta elektron manzil bo‘ylab yuborgan.
15 mart kuni Brendon Tarrant Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlardan biriga bostirib kirib, 17 daqiqa davomida odamlarga qarata o‘q uzgan va buni Facebook orqali jonli translatsiya qilgandi. Terakt oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan,o‘nlab kishilar yaralangan.
Mavzuga oid
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi
23:51 / 26.11.2024
Yangi Zelandiyada sohilga chiqib qolgan 30 dan ortiq qora delfin qutqarildi
00:15 / 23.11.2024