Light | 00:28 / 18.03.2019
23605
2 daqiqa o‘qiladi

Stenokardiya va qon bosimidan ba'zi dorilar sog‘liq uchun zararli deb topildi

Yevropa kardiologlari uyushmasi yuqori qon bosimi va stenokardiyani davolashda qo‘llanuvchi ba'zi dorilar yurakning to‘satdan to‘xtashiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan tadqiqot natijalarini taqdim qildi. Bu haqda EurekAlert! saytida e'lon qilingan bayonotda ma'lum qilingan.

Gap nifedipin moddasini saqlovchi dorilar haqida bormoqda. Tajribalar natijalarining ko‘rsatishicha, bu moddaning yuqori dozalarda qo‘llanishi yurak to‘xtashi xavfi oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ammo digidropiridin va amlodipin saqlovchi dorilarda bunday nojo‘ya ta'sir aniqlanmagan.

“Nifedipin va amlodipin ko‘plab kardiologlar va boshqa shifokorlar tomonidan qo‘llanadi va tanlov ko‘pincha shifokorning qaysi dorini ma'qul ko‘rishi va shaxsiy tajribasiga bog‘liq bo‘ladi”, deb aytgan Amsterdam akademik tibbiyot markazi shifokori Xanno Tan. 

Tanning aytishicha, bungacha bu ikkala modda birdek samarali va xavfsiz hisoblangan, biroq faqatgina amlodipin haqiqatda xavfsiz deb topilgan.

Mavzuga oid