Iqtisodiyot | 16:53 / 26.03.2019
5463
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy kompaniyalarga foydani repatriatsiya qilish yengillashtirildi

Foto: Bloomberg

Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi va Tijorat banklari tomonidan chet el valutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Birinchidan, endi uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslarga ham milliy va chet el valutasidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin. Ularga, tegishincha, bunday savdolardan tushgan mablag‘lar o‘tkaziladi.

Ikkinchidan, doimiy muassasa tashkil etgan norezident yuridik shaxslarga O‘zbekistondagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlarini o‘zlarining milliy va chet el valutasidagi hisobvaraqlariga o‘tkazishga ruxsat berildi.

Doimiy muassasa orqali O‘zbekistonda faoliyatni amalga oshiradigan norezidentlarning chet el valutasidagi mablag‘lari mamlakat tashqarisidagi hisobvaraqlarga o‘tkazilishi mumkin. Boshqacha aytganda, foydani repatriatsiya qilishga ruxsat berildi.

Hujjatlar 25.03.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid