O‘zbekiston | 12:06 / 27.03.2019
63310
1 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

26 mart kunidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar shayligini nazoratdan o‘tkazish maqsadida to‘satdan tekshiruv boshlandi.

Shu sababli Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga kiruvchi - Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatlarining avtomobil yo‘llarida 27, 28 va 29 mart kunlari harbiy texnikalardan iborat kolonnalarning harakatlanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati fuqarolardan og‘ir yuk mashinalari va jangovar texnikalardan iborat kolonnalarning avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishi vaqtida ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida harakatlanadigan kolonnalarga xalaqit bermaslikni, yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya etish va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talablarini so‘zsiz bajarishlarini so‘raydi, deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid