O‘zbekiston | 09:40 / 28.03.2019
22625
5 daqiqa o‘qiladi

Bozorlardagi narx-navo haqida ma'lumot berildi

Foto: KUN.UZ

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma'lumot berdi (2019 yil 26 mart holatiga 1 kg. so‘mda).

Mol go‘shtining eng qimmati Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da - 45 ming so‘m. Eng arzoni Nukusda («Nukus dehqon bozori») - bir kilogrammi 28 ming so‘m. 

Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentdagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (48 ming so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da (30 ming so‘m).

Kartoshkaning eng qimmati Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da (5000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (1200 so‘m).

Piyozning eng qimmati Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da (3000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (500 so‘m).

Sabzining eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (4000 so‘m). Eng arzoni Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori»da (1000 so‘m).

Tuxumning eng qimmati (10 dona) Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (8000 so‘m). Eng arzoni Qarshi shahridagi «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori»da (3500 so‘m).

Guruchning eng qimmati Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (17 000 so‘m). Eng arzoni Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori»da (5000 so‘m).

O‘simlik yog‘ining eng qimmati Andijon shahridagi «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahridagi «Jizzax markaziy dehqon bozori», «Eski shahar dehqon bozori», Qarshi shahridagi «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Samarqand shahridagi «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (12 500 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Farhod dehqon bozori»da (7600 so‘m).

Shakarning eng qimmati Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Andijon shahridagi «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahridagi «Jizzax markaziy dehqon bozori», «Eski shahar dehqon bozori», Qarshi shahridagi «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Navoiy shahridagi «Saxovat bozori», Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahridagi «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Termiz shahridagi «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori», Urganch shahridagi «Urganch markaziy dehqon bozori»da (5500 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4500 so‘m).

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste'mol narxlari ma'lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.

Mavzuga oid