O‘zbekiston | 17:42 / 28.03.2019
30935
2 daqiqa o‘qiladi

DSQ: internetda tarqalgan videodagi shaxs soliq organlari vakili emas

27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda «O‘rikzor» bozorida tasvirga tushirilgan video tarqaldi, unda tadbirkor soliq organlari xodimining harakatlari yuzasidan o‘z noroziligini bildirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu videoda tasvirlangan M.E. soliq organlari vakili hisoblanmaydi. 

DSQ xabarida bildirilishicha, u Uchtepa tumani hokimligining iqtisodiy bo‘limi xodimidir.

Ma'lum bo‘lishicha, u mahalliy hokimliklar qoshida soliq organlariga halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va shaffofligini ta'minlash uchun ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan jamoat guruhlari ishi doirasida harakat qilgan.

Bildirilishicha, vaziyat o‘rganilmay turib, ushbu videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborilgan. Bu, o‘z navbatida, soliq xizmatlari obro‘siga salbiy ta'sir qilgan.

DSQning eslatishicha, yolg‘on ma'lumot yetkazish, tuhmat javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bundan oldin, Soliq qo‘mitasi «O‘rikzor»dagi holatda soliq inspektori nohaq bo‘lmagani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid