O‘zbekiston | 10:58 / 29.03.2019
8769
2 daqiqa o‘qiladi

Dehqonobodda baxshichilik festivali o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Dehqonobod tumanida “Yurtin doston etar baxshi” deb nomlangan davra suhbati hamda festival o‘tkazildi.

Baxshilar eli bo‘lgan Dehqonobodda bugungi kunda O‘zbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Qodir o‘g‘li,O‘zbekiston xalq baxshilari Shomurod Tog‘ayev, Abdimurod Rahimov, Maxmatmurod Rajabov va Ochil Chorshanbiyev o‘zbek xalq dostonlari, termalarini kuylab kelmoqdalar.

Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodida bo‘lib o‘tgan festivalda xalq dostonlaridan namunalar, badihago‘ylik yo‘lida termalar, aytishuvlar aytildi.

Festival doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda taniqli baxshi Bahrom Rahimov birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Murodilla Aliqulovga, uchinchi o‘rin esa Sanjar Chubayevga nasib etdi. Diyor Rasulov «eng yaxshi ijrochi» deb topilgan bo‘lsa, Ilhom Rahimov «eng yaxshi cholg‘u ijrochisi» nominatsiyasida g‘olib chiqdi. 

G‘olib va sovrindorlar, festival ishtirokchilari Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi direktori Hamidila Shermatov tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid