Sport | 23:55 / 31.03.2019
3135
2 daqiqa o‘qiladi

“Formula-1”: Amaldagi chempion Xemilton Bahrayn gran-prisida g‘alaba qozondi

“Formula-1” avtopoygasining mavsumdagi 2-bosqichi – Bahrayn gran-prisida amaldagi jahon chempioni, “Mersedes” jamoasi a'zosi Lyuis Xemilton g‘alaba qozondi. 

Bu britaniyalik poygachining “Formula-1”dagi 74-g‘alabasi bo‘ldi. 

“Saxir” trassasida o‘tgan poygada marraga ikkinchi bo‘lib Xemiltonning jamoadoshi  Valtteri Bottas kelgan. 3-o‘rinni “Ferrari” a'zosi Sharl Lekler egallagan.

Yetakchi o‘ntalikdan Maks Ferstappen (“Red Bull”), Sebastyan Fettel (“Ferrari”), Lando Norris (“Maklaren”), Kimi Raykkonen (“Alfa Romeo”), Per Gasli (“Red Bull”), Albon, Serxio Peres (“Reysing Poynt”) o‘rin olgan.

“Mersedes” a'zolari muvaffaqiyatli ishtiroklari evaziga ushbu mavsumda qatorasiga ikkinchi marta g‘oliblar shohsupasining eng yuqori pog‘onalarini egallashdi. 

Poyganing 3-bosqichi 12-14 aprel kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid