Jahon | 09:49 / 31.03.2019
19428
2 daqiqa o‘qiladi

Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub 450 million dollarga teng asar yo‘qolib qoldi

Foto: AP /Kirsty Wigglesworth

Birlashgan Arab Amirliklari Badiiy san'at muzeyi xodimlari Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub  «Dunyo xaloskori»  kartinasini topa olishmayapti. Bu haqda xabar tarqatgan NYT maqolasiga ta'kidlanishicha, kartina Luvrning Abu-Dabi filialidan izsiz yo‘qolgan.

Mazkur kartina rejaga muvofiq 2018 yili ko‘rsatilmagan va bunga rasmiy izoh ham berilmagandi. Abu-Dabi Turizm va madaniyat boshqarmasi vakillari endilikda kartinaning yo‘qolib qolganiga ham munosabat bildirishga shoshilmayapti.

Gazeta maqolasida Luvrdagilar asarning haqiqiy joyini aniqlay olmagani bildirishgan.

«Dunyo xaloskori» asari 2017 yili  Nyu-Yorkda o‘tkazilgan Christie's  auksionida 450 million dollarga sotilgandi. Kartinani auksionga qo‘ygan sohib rossiyalik Dmitriy Rybolovlev  bo‘lgani taxmin qilinadi. O‘z vaqtida Rybolovlev  asarni shveysariyalik art-diler Iv Buvedan 127 million dollarga xarid qilgandi.

Luvrning Abu-Dabidagi filiali 2018 yil noyabrdan e'tiboran keng ommaga ochiq. U yerda 600dan ortiq badiiy san'at namunasi tomoshaga qo‘yilgan.

Mavzuga oid