Jahon | 10:50 / 31.03.2019
22162
2 daqiqa o‘qiladi

Malika Megan qirollik an'anasini buzishga qaror qildi

Foto: Getty Images

Britaniya qirollik oilasi a'zosi, gersoginya Megan Markl boshqa malikalar farzand ko‘rgan tug‘ruqxonaga bormaydi, deb xabar tarqatgan The Sun.

Ma'lum qilinishicha, malika Keyt Middlton va Diana farzandlari dunyoga kelgan Muqaddas Meri shifoxonasining Lindo qanoti xizmatidan Megan Markl foydalanmoqchi emas. U turmush o‘rtog‘i Garri bilan istiqomat qilayotgan xonadoniga yaqin joydagi tug‘ruqxonani tanlagan, shuning bilan qirollik oilasining an'anasini buzishga ahd qildi.

«Garri va Megan farzandining tug‘ilishi jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otishini biladi. Ammo tug‘ilajak bola taxtning to‘g‘ridan-to‘g‘ri egasi bo‘lolmaydi, shuning uchun qirollik juftligi tug‘ruqni omma nigohidan yashirmoqda» , — deb yozadi nashr.

1977 yildan buyon shifoxonaning Lindo qanoti qirollik oilasi uchun an'anaviy tug‘ruqxonaga aylangandi. Bu yerda malika Annaning o‘g‘li — shahzoda Piter, to‘rt yil o‘tib qizi Zara dunyoga kelgandi.

Mavzuga oid