Prezident tashrifidan keyin Buxoro viloyatidagi uchta tuman hokimi o‘zgardi
Bugun, 31 mart kuni Buxoro viloyatining uchta tumaniga yangi rahbarlar tayinlandi.
Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev Vobkent, Romitan va Buxoro tumanlarida o‘tkazilgan Xalq deputatlari kengashilarining navbatdan tashqari sessiyaslarida ishtirok etib, yangi hokimlarni tanishtirgan.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, 2009 yildan beri Vobkent tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan Askar Nazarovich Javodov lavozimidan olinib, o‘rniga Peshko‘ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahodur Sanoyevich Bafoyev Vobkent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Buxoro tumani hokimi Muhiddin Turdiyevich Esanov boshqa lavozimga o‘tgani sababli lavozimidan ozod qilinib, uning o‘rniga Qahramon Bozorovich Dustov Buxoro tumani hokimi etib tayinlangan.
Shuningdek, vaqtinchalik Romitan hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Baxriddin Shamsiyevich Xalimov o‘rniga Romitan hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xurshid Yahyoyevich Tohirov yangi hokim bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-30 mart kunlarida Buxoro viloyatida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif yakunida Prezident raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bundan oldinroq, Prezident tashrifidan keyin Buxorodagi oliy ta'lim muassasalarida rektorlar o‘zgargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
17:27 / 30.11.2024