Jamiyat | 16:09 / 02.04.2019
10798
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda o‘g‘irlik jinoyati sodir etgan ayol kishi qo‘lga olindi - IIV

Illyustrativ foto

Shu yil 16 mart kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi Ya.B. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 4 mart kuni noma'lum shaxs uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, 6 mln. so‘m puli, 1052 AQSh dollari, 400 Rossiya rubli, umumiy qiymati 10 mln. so‘mlik 5 turdagi zargarlik buyumlari, “Alcatel” va “Sony-Ericsson” rusumli mobil telefonlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jondor tumani Kallazor qishlog‘ida yashovchi 39 yoshli O.T. (ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid