Jamiyat | 22:34 / 05.04.2019
9565
2 daqiqa o‘qiladi

Baxshi festivalida 100 jildli Qoraqalpog‘iston xalq ijodiyoti to‘plami taqdim etildi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Termizda o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san'ati festivalida 100 jildli qoraqalpoq folklor to‘plami namoyish etiladi. Qoraqalpoq xalq ijodiyoti juda boy va qadimiy tarixga ega bo‘lib, unda dostonlar alohida o‘rin tutadi. Mazkur nashrdan "Alpomish" dostonining 8 xil varianti joy olgan bo‘lib, ulardan har biri asl qo‘lyozmaga muvofiq tayyorlangan.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Birinchi Xalqaro baxshichilik san'ati festivali doirasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Qoraqalpog‘iston xalq ijodiyoti bilan tanishdi va "Nuroniy" jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi vakillari bilan uchrashdi. Ular zamonaviy dunyoda folklor san'atini saqlab qolish va uning xalqimiz tarixida tutgan o‘rni haqida suhbatlashishdi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

"Musiqa xalqlarni bir-biri bilan birlashtiruvchi asosiy rishtalardan biridir. Aynan folklor va o‘ziga xos madaniyat butun dunyo ahlida katta qiziqish uyg‘otadi", - dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

"Qoraqalpoq folklorini o‘zida jamlagan 100 jildli to‘plamni nashrdan chiqardik. Biz ularni bu yerga bejiz olib kelmadik, zero baxshichilik san'ati avvalambor dostonlarni kuylash, demakdir. Bu bizning qoraqalpoq xalqi tarixi, voqealari, turmush tarzi aks ettirilgan she'rlardagi xalq san'atidir, - deydi "Nuroniy" jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari Xusniddin Sharof.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha dostonlarni birma-bir to‘plash oson kechmagan. Xalq og‘zaki ijodiyoti kitobining birinchi nusxalari o‘tgan asrning 30-yillarida chop etilgan.

Mavzuga oid