O‘zbekiston | 17:40 / 05.04.2019
177532
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Surxondaryo viloyati hokimi nega ishdan olingani haqida gapirdi

Bahodir Po‘latov / Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Prezident yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta'minlash yuzasidan videoselektor davomida Surxondaryo viloyati bo‘yicha ham gapirib o‘tdi.

«Surxondaryo viloyati hokimini nega ishdan olib tashladim? Viloyatda tartib yo‘q, intizom yo‘q, sharmandalik.

Qonun hamma uchun bir, hokimga ham, militsiyaga ham, xizmat boshlig‘i uchun ham. Qonun bor, jazo muqarrar», deya Prezidentning so‘zlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.

Prezident Surxondaryo viloyatida 2 milliard so‘m miqdorida yer va mol-mulk solig‘i to‘lanmaganini qayd etib o‘tgan.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi To‘ra Bobolovga tegishli topshiriqlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning yozidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Po‘latov 1 aprel kuni bosh vazir rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin lavozimdan ozod etildi.

Mavzuga oid