Sport | 22:05 / 07.04.2019
17938
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu finalda Messiga qarshi: superkompyuter Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘yicha prognoz qildi

Foto: UEFA.com

talkSPORT britan sayti superkompyuteri joriy Chempionlar ligasining finalgacha o‘yinlari natijalari bo‘yicha o‘z prognozini berdi. Kompyuter musobaqaning yarimfinaliga “Yuventus“, “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Barselona” chiqishini hisob-kitob qilib chiqqan. Kompyuterning prognoziga ko‘ra, musobaqa finalida “Yuventus” va “Barselona” uchrashadi va g‘alaba turinliklarga nasib qiladi. 

Agar kompyuterning prognozi to‘g‘ri chiqsa, unda Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasini qatorasiga 4 marta yutgan dunyodagi yagona futbolchiga aylanadi. Portugaliyalik futbolchi avvalgi 3 mavsumda bunga “Real” safida erisha olgandi. 

Quyida kompyuterning musobaqa bo‘yicha prognozi keltirilgan:

1/4 final

“Ayaks” – “Yuventus” 1:1, “Yuventus” – “Ayaks” 2:0
“Liverpul” – “Portu” 3:0, “Portu” – “Liverpul” 1:2
“Tottenxem” – “Manchester Siti” 1:1, “Manchester Siti” – “Tottenxem” 3:1
“Manchester Yunayted” – “Barselona” 1:2, “Barselona” – “Manchester Yunayted” 2:1

1/2 final

“Manchester Siti” – “Yuventus” 1:1, “Yuventus” – “Manchester Siti” 2:1
“Barselona” – “Liverpul” 2:1, “Liverpul” – “Barselona” 2:2

Final

“Yuventus” – “Barselona” 2:1

Musobaqa finali 1 iyunda Madriddagi “Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid