Jahon | 20:42 / 08.04.2019
11786
2 daqiqa o‘qiladi

Marshal Haftar armiyasi Tripolidagi yagona ishlovchi aeroportga zarbalar berdi

Foto: REUTERS / Hani Amara

Marshal Halifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi kuchlari poytaxt Tripolidagi yagona ishlovchi aeroport – Mitigaga zarbalar berdi. Bu haqda Fayoz Sarroj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati (MKH) tezkor shtabi ma'lum qildi.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, qurolli ziddiyat boshlanganidan buyon 32 kishi halok bo‘ldi va 50 kishi yaralandi.

Shu sababli poytaxtni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi yagona aeroportda barcha parvozlar to‘xtatilgan. MKHda milliy armiya harakatlari fuqarolik aviatsiyasi parvozlari xavfsizligi va tinch aholi hayotiga xavf solishi ta'kidlab o‘tilgan.

Tripolidan 11 km uzoqlikda joylashgan Mitiga aeroporti avval harbiy aerodrom vazifasini bajargan. Mitiga 4 yil avval poytaxtdan 34 km uzoqlikda joylashgan Tripoli aeroporti qarama-qarshi guruhlar o‘rtasidagi janglardan keyin yaroqsiz holga kelgandan so‘ng Tripolidagi yagona ishlovchi aeroport bo‘lgan. Hozirda bu ikkala aeroport ham MKH tomonidan nazorat qilinadi. 

Mavzuga oid