Jahon | 08:54 / 09.04.2019
10344
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Tripoli uchun janglarda 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS/Stringer

Feldmarshal Xalifa Haftarning Liviya milliy armiyasi (LMA) va Milliy kelishuv hukumati (MKH) qo‘shinlari to‘qnashuvi oqibatida kamida 51 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida ham harbiylar, ham oddiy fuqarolar bor.

Avvalroq, Reuters agentligi harbiy mojaro oqibatida 25 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi. Shuningdek, 80ga yaqin kishi yaralangani to‘g‘risida ma'lumotlar tarqaldi.

Bundan oldin, liviyalik marshal Haftar muzokaralardan bosh tortgandi.

Xususan, Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni, marshal Xalifa Haftar BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning poytaxtdagi hukumat rahbari Fayoz as Saraj bilan Jyenevada uchrashish haqidagi taklifini rad etdi. 

Mavzuga oid