O‘zbekistonning barcha hududlarida xotin-qizlar o‘rtasida velosport marafoni o‘tkazilmoqda
8-13 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan “Xotin-qizlar sport haftaligi” davomida ommaviy sport va piyoda yurish bo‘yicha marafon o‘tkazilmoqda. “Sport salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur marafonda barcha yoshdagi xotin-qizlar, ayniqsa faol bo‘lmagan qizlar, uy bekalari va katta yoshdagi ayollar ishtirok etmoqda, deya xabar beradi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xalqaro Salomatlik kuni munosabati bilan “Xotin-qizlar sport haftaligi” doirasida O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi va Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xotin-qizlar o‘rtasida “Velosport marafoni” o‘tkazildi. Unda viloyatning barcha shahar-tumanlaridan 18 dan 50 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Marafon g‘oliblari Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Barchani “Xotin-qizlar sport haftaligi” davomida respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladigan sport tadbirlari va ommaviy marafonlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
Mavzuga oid
16:40 / 25.11.2024
“42 km yugurish unga cho‘t emas” – 54 yoshida marafon chempioni bo‘lgan yangibozorlik o‘qituvchi
17:10 / 26.10.2024
Inson matonati – 61 yoshida supermarafonda g‘olib chiqqan avstraliyalik cho‘pon
10:50 / 14.10.2024
Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini o‘rnatdi
22:50 / 08.10.2024