Jahon | 09:50 / 12.04.2019
4698
1 daqiqa o‘qiladi

Disney rahbari iste'foga chiqishga qaror qildi

Foto: Getty Images

Walt Disney Company rahbari Robert Aygerning ma'lum qilishicha, 2021 yilda iste'foga chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.

«2021 yilda men nihoyat o‘z lavozimimni tark etadigan vaqt keladi», - dedi Ayger.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan 2021 yilda kompaniya bilan shartnomasi muddati tugaydi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, 2005 yildan buyon Walt Disney Company rahbari lavozimini egallab kelmoqda.

Aygerning qayd etishicha, kompaniya hozirda uning ehtimoliy vorisi masalasini muhokama qilmoqda.

Bundan oldin, Walt Disney kompaniyasi 21st Century Fox’ning Fox 2000 nomli bo‘linmasini yopishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.

Fox 2000 studiyasi 1999 yilda tashkil etilgan. U «Iblis Prada kiyadi», «Pi hayoti», «Yashirin shakllar», «Bo‘sh odam kundaligi» kabi filmlarni chiqargan.

Mavzuga oid