Tramp nima uchun Jahon banki rahbarligiga qizining nomzodini ilgari surmaganini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Atlantic nashriga bergan intervyusida o‘z qizi va maslahatchisi Ivanka Tramp nomzodini Jahon banki prezidentligiga ko‘rsatishni o‘ylagani haqida ma'lum qildi.
"Men hatto Jahon banki rahbarligiga Ivankaning nomzodini ilgari surishni o‘ylagandim. U buni qoyilmaqom qilib uddalagan bo‘lardi, chunki raqamlar bilan zo‘r ishlaydi", - dedi Tramp.
Amerika prezidenti o‘zini qarindosh-urug‘chilikda ayblashlari mumkinligidan xavfsirab AQSh vakili sifatida qizining nomzodini ko‘rsatish fikridan qaytganligini aytdi.
"Agarda shunday qilganimda, meni qarindosh-urug‘chilikda ayblagan bo‘lishardi, garchi buning qarindosh-urug‘chilikka aloqasi yo‘q bo‘lsa-da", - deya qayd etgan AQSh prezidenti.
Yanvar oyida Financial Times gazetasi AQSh prezidentining qizi Ivankani Jahon banki prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri deb atashayotganini xabar qilgandi. Keyinroq Oq uy bu xabarni rad etdi, Jahon banki prezidentligiga esa AQSh moliya vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Malpass saylandi.
Mavzuga oid
07:54 / 23.11.2024
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
17:27 / 06.11.2024
Jahon banki iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholadi
22:46 / 26.10.2024
Dunyodagi eng nufuzli biznes-indeks tiklandi
17:43 / 18.10.2024