Koreya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi sanasi ma'lum qilindi
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2019 yilning 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Prezident matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishadi.
Tashrif dasturida Prezident Mun Chje Inning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida nutq so‘zlashi, davlat rahbarlarining ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari biznes-forumida hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va san'ati uyining ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Samarqand shahriga tashrif rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi, salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami, shuningdek, savdo shartnomalari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 23.12.2024
Koreya O‘zbekistonda ijtimoiy ishchilar malakasini oshirish uchun qo‘shma dastur ishlab chiqadi
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
08:10 / 30.11.2024
Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi
11:10 / 10.10.2024