Jamiyat | 15:04 / 17.04.2019
8131
1 daqiqa o‘qiladi
Forishda 80 bosh qoramol va 64 bosh ot o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Jizzax viloyatining Forish tumanida shu yil 1 mart kuni Mirzacho‘l tumanida yashovchi V.K. O‘zbekiston Respublikasi IIVning virtual qabulxonasiga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U 2017 yil avgust oyidan 2019 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Forish tumani Egizbuloq QFY hududidagi dala maydonida yurgan 80 bosh qoramol va 64 bosh otlari yo‘qolganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Arnasoy tumani Cho‘lquvar QFY Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi F.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:39 / 21.11.2024
SSSR tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: qatl etilgan amakivachchalar
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
18:20 / 24.08.2024