Jahon | 08:54 / 19.04.2019
7209
2 daqiqa o‘qiladi

JSST antibiotiklarni “profilaktika uchun” qabul qilmaslikka chaqirdi

Foto: Depositphotos

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kotibiyatining mikrobga qarshi vositalarga barqarorlik masalalari bo‘yicha direktori Mark Shprenger “antibiotiklarni faqat shifokor retsepti bo‘yicha qo‘llash mumkin bo‘ladigan” qonunchilik zarurligini ta'kidlab o‘tdi.  

“Bir qator davlatlarda yaxshi o‘qitilgan provizorlar va shifokorlar yo‘q. Antibiotiklarni retsept bo‘lgandagina qo‘llash mumkin bo‘ladigan qonunchilik bo‘lishi va u bajarilishi muhimdir”, deb aytgan Shprenger.

Uning aytishicha, “bir qator davlatlarda bunday qonunchilik bo‘lgan taqdirda ham dorixonaga kelib, kerakli dorini olish mumkin”, biroq aslida bunday bo‘lmasligi lozim. 

“Vodoprovod suvi, toza suv bo‘lmagan juda nochor davlatlarda tug‘ishi kerak bo‘lgan ayollarga antibiotiklar beriladi. Chunki u yerda hamma yer iflos va hech narsa yo‘q. Biroq yaxshi rivojlangan davlatlarda profilaktika maqsadida antibiotiklar berilmasligi lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan JSST vakili.  

O‘z navbatida JSSTning Yevropada mikroblarga qarshi vositalarga barqarorlikka qarshi kurash dasturi rahbari Danilo Lo Fo Vongning ta'kidlashicha, antibiotiklarni uzoq vaqt davomida kichik dozalarda qabul qilish bu “juda yomon fikrdir”.

“Kichik dozalar antibiotiklarga barqarorroq bakteriyalarni emas, balki faqat normal bakteriyalarni o‘ldiradi. Va bakteriyalar kuchliroq bakteriyalar tomon evolyutsiya qiladi”, deb tushuntirib o‘tgan mutaxassis.

Mavzuga oid