Jamiyat | 18:10 / 20.04.2019
45638
4 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysi ko‘chalarida fotograf diqqatini tortgan lavhalar. Kun.uz vodiy safari

Kun.uz sayti ijodiy guruhi navbatdagi safarini Farg‘ona vodiysiga amalga oshirdi.

Ushbu safar davomida yo‘l-yo‘lakay olingan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.

VODIY SARI YO‘L. QAMChIQ DOVONIDA BAHOR

Dovonda ko‘p uchraydigan holatlar — katta va yengil avtomobillar to‘satdan tutab ketishi 

Dovondan tushganda yo‘l yoqasidagi non bozori

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tuyachilik fermasidan lavhalar. Fermer xo‘jaligi rahbari Asror Hikmatovning aytishicha, jigar, qandli diabet va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlar uchun tuya suti va qumroniga talab katta. Suratda katta yoshli tuyalar va bir kun oldin tug‘ilgan bo‘taloqni ko‘rishingiz mumkin.

Kun.uz NAMANGAN VILOYaTIDA 

Namangan viloyati Kosonsoy tumani markazi.

Mahdumiy A'zam maqbarasi 

Kosonsoyda suv muammosi sabab aholi ariqdan suv ichmoqda. Aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, suv ariqdan olib avval tindiriladi, so‘ngra qaynatiladi va shundan so‘nggina iste'mol qilinadi.

Chustda keksalar doimo e'zozda 

Boshda do‘ppi, qo‘lda ketmon. Chust ahli bahoriy shijoatda

Namangan shahrida qurilayotgan «Afsona» parki

 

 FARG‘ONA KO‘ChALARIDA FOTOGRAFNING E'TIBORIGA TUShGAN HOLATLAR

Beshik yasash ham bir san'at. Marg‘ilon beshiksozlari mahsuloti

Farg‘ona shahriga xush kelibsiz!

Oltiariq tumani manzaralari

Qo‘qon shamoli

Farg‘ona viloyati. Qo‘shtepaliklar yerga «qo‘sh tortish»ni boshlab yuborishgan 

 

ANDIJON VILOYaTI

Andijonga kelgan mehmon osh yemay qaytmaydi

Andijon «Tabassum»i va palovxonto‘ra 

Andijondagi «zoopark». Qorovulni nobud qilgan sher shu yerda saqlanmoqda 

Bog‘ishamol qirlari 

Andijonda bunday suv kranlarini ko‘plab uchratdik 

Shahar markazidagi Registon maydoni peshtoqlaridan

Andijonda aholining sevimli transport vositasi bu - velosiped. Ham sog‘liqqa foyda, ham hamyonga

Andijon. Registon maydoni

Andijon Bog‘ishamoli. Bog‘i Bobur

Andijon shahrining qush parvozi balandligidan ko‘rinishi 

Bog‘ishamol attraksionlari 

Bahoriy kayfiyat 

Andijon viloyati, Asaka tumani, Axtachi qishlog‘idagi sement zavodi havoga tonnalab zaharli chiqindi chiqarmoqda. Bu haqida chiqarilgan maqolaga roppa-rosa bir yil to‘ldi. Vaziyat hamon o‘zgarishsiz...

O‘ziga xos «yo‘l ta'mirlash». Taxminimizcha, Andijon viloyati, Buloqboshi tumaniga «katta tashrif» kutilmoqda 

Shirmonbuloq tog‘lari 

Shirmonbuloq dam olish uchun qulay maskan 

Ikki avlod

Vodiy safarimiz qiziq voqealarga boy bo‘ldi. Murojaatlar va boshqa lavhalarni taqdim etishda davom etamiz.
 

Suratlar muallifi - Muhammadjon G‘aniyev

Mavzuga oid